Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Noqonuniy mahsulot muomalasining oldi olindi
Foto: © Getty Images
Fuqaro Temur Norqulov (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) o‘zi yashab kelayotgan Jizzax tumanidagi uyining molxonasida qo‘lbola usulda yasalgan juvoz uskunasida paxta chigitidan kunjara va yog‘ ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda uning qilmishiga chek qo‘yildi.
“Huquq” gazetasining xabar berishicha, davlat sanitariya-epidemiologiya markazi mutaxassislarining xulosasiga ko‘ra, ashyoviy dalil tariqasida olingan yog‘ mahsulotlari inson salomatligi uchun xavfli ekanligi va tegishli talablarga javob bermasligi ma'lum bo‘ldi.
Albatta, jinoyat jazosiz qolmadi. O‘zining noqonuniy qilmishlari oqibatida jamiyatimizga va oilasiga moddiy-ma'naviy, tibbiy zarar keltirayotgan ayrim “olg‘ir” shaxslar ma'lum muddat mo‘may daromad topishlari mumkin, biroq ko‘za kunda emas, kunida sinadi, deyilganidek, ularning qilmishi fosh bo‘lishi ayni haqiqatdir.
Mavzuga oid
19:10 / 09.04.2026
Yasama jinoyat sudda “sindi”: baxmallik Sanjarning holiga maymunlar yig‘lardi, agar...
23:21 / 08.04.2026
Dunyoga mashhur brendlar O‘zbekistonda kontrafakt mahsulot bo‘yicha sud ishida yutib chiqdi
18:16 / 08.04.2026
Sanjar Karimov ishi sudga chiqdi
14:21 / 08.04.2026