Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uy din sababli odamlarni terrorchilikda gumon qilmaslikka chaqirdi
Oq uy odamlarni musulmon bo‘lganlari uchun terrorchilikda gumon qilmaslikka chaqirdi. Bu haqda AQSh prezidenti matbuot kotibi Josh Ernest matbuot-anjumanda aytdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
"Agar muayyan dinga ibodat qiluvchi odamlarga nisbatan gumonlarni oshirsak, unda biz hujumlar oshishiga yordam berib qo‘yishimiz mumkin", deb aytdi Ernest.
Avvalroq IShID AQShdagi Ogayo shtati universitetida amalga oshirilgan hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgandi. Biroq IShID haqiqatan ham hujumga aloqasi borligi noma'lum.
28 noyabrda Kolambusdagi universitetda 20 yoshli Abdul Razzoq Ali Artan avval avtomobilini odamlar ustiga haydagan, keyin esa mashinadan tushib, pichoq bilan piyodalarga hamla qilgan. Oxirgi ma'lumotlariga ko‘ra, bu hujum oqibatida 11 kishi jarohat olgan va shifoxonaga yotqizilgan. Bosqinchi shu universitetda tahsil olgan. Politsiya ushbu hujum avvaldan rejalashtirilgan terakt bo‘lishi mumkinligini istesno qilmayapti.
Mavzuga oid
10:25
AQShdan deportatsiya qilingan 24 nafar o‘zbekistonlik Toshkentga qaytarildi
10:10
Kubaning energetika sohasi AQSh sanksiyalari nishoniga aylandi
08:34
Eron bo‘yicha keskin burilish: AQSh zarbalarni bekor qildi
22:12 / 11.06.2026