Jahon | 07:33 / 30.11.2016
7502
2 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko "Rossiyaning tajovuzi"ni Chernobil fojiasidan qo‘rqinchliroq deb atadi

Foto: ukrinform.ru

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Ukraina ayni vaqtda "Rossiyaning tajovuzi"ni boshdan kechirayotgani, bu tajovuz esa Chernobil fojiasidan ko‘ra qo‘rqinchliroq sinov ekanligini aytdi. Bu haqda " Ukrinform" xabar bermoqda. 

"Hech kim Chernobil sinovi Ukraina boshdan kechirishi mumkin bo‘lgan sinovlardan eng yomoni va qo‘rqinchlisi bo‘lmasligini xayoliga ham keltirmagan", deb aytdi Poroshenko.

Uning aytishicha, Ukraina "Rossiya tajovuzidan himoyalanayotgan" urush sharoitida gumbaz qurmoqda.

Poroshenko jahon davlatlarining birdamligi va hamfikrligi gumbaz qurilishini yakunlashga va "Rossiya tajovuzi"ga qarshi turishga yordam berishini qo‘shimcha qildi.

Chernobilda 1986 yilda barbod bo‘lgan Chernobil AESning 4-energoblokini qoplagan obekt ustidan yangi gumbaz o‘rnatish tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi. Aynan o‘sha yerda Ukraina prezidenti yuqoridagi so‘zlarni aytib o‘tgan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid