Jahon | 17:50 / 30.11.2016
5653
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston prezidenti mamlakatning Yevropadagi elchilariga yangi vazifalarni yukladi

Foto: News.tj

Vengriyada ishchi tashrifi bilan bo‘lib turgan Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Budapeshtda Yevropa davlatlarida ishlovchi mamlakat elchilari bilan uchrashdi. 

Mamlakat rahbari amaldorlarni “Tojikistonning 2030 yilgacha milliy rivojlanish strategiyasi” bilan tanishtirib, ular oldiga uni amalga oshirish uchun yevropalik hamkorlarni jalb etish vazifasini qo‘ydi.

Shuningdek, Tojikiston rahbari elchilarga Yevropa mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni ham belgilab bergan.

Tojikistonning mintaqa davlatlari bilan terrorchilik, ekstremizm va giyohvand moddalar aylanishiga qarshi kurash bo‘yicha hamkorligini kuchaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid