Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Umrni uzaytiruvchi sport turlari ma'lum qilindi
Suzish, aerobika va tennis bilan shug‘ullanuvchi kishilar yurak-qon tomir kasalliklari tufayli kamroq vafot etishi aniqlandi. Bu boshqa sportni xush ko‘ruvchi insonlar ko‘rsatkichidan kelib chiqib ma'lum qilingan. Sidney universiteti mutaxassislarining ilmiy tadqiqoti haqida EurekAlert! nashri yozmoqda.
Fiziologlar 1994-2006 yillarda o‘tkazilgan 11 tadqiqot ma'lumotlarini tahlildan o‘tkazishdi. Ularda hammasi bo‘lib 80 mingdan ortiq inson qatnashgan.

Respondentlarning o‘rtacha yoshi 52 yilni tashkil qilgan bo‘lib, tashkilotchilar sportning ma'lum bir turi bilan shug‘ullanish hayot davomiyligiga ta'sir ko‘rsatish darajasini aniqlashmoqchi bo‘ldi.
Ma'lum bo‘lishicha, tennis bilan shug‘ullanganlarda, yugurish yoki futbolni xush ko‘ruvchilarga qaraganda yurak-qon tomir kasalliklaridan vafot etish xavfi 56 foizga kamroq ekan. Suzish va aerobika olamdan ko‘z yumish ehtimolini tegishli ravishda 41 hamda 36 foizga pasaytiradi.

Olimlarning umid qilishicha, kelajakdagi tadqiqotlar sport va jismoniy faollikka asoslangan sog‘lomlashtirish dasturi samaradorligini oshirishda yordam beradi.
Mavzuga oid
18:58 / 23.12.2025
Shifokor haftada kamida besh marta miriqib kulishni tavsiya qildi
11:48 / 15.12.2025
Tennis: Rahimova va Timofeyevadan keyin Kudermetova ham O‘zbekistonga o‘tdi
19:00 / 08.12.2025
O‘zbekiston fuqaroligini qabul qilgan rossiyalik tennischi WTA 125 turniri g‘olibi bo‘ldi
17:09 / 04.12.2025