Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Atambayev: Men o‘g‘ri emasman, o‘z pulimga uy qurishga haqqim bor
Qirg‘iziston respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev 2016 yildagi so‘nggi matbuot anjumanida o‘g‘ri emasligi, o‘z puliga qurilish qilishga haqli ekanini ta'kidladi.
Jurnalistlar davlat rahbariga yer uchastkasi va yangi uy qurayotgani haqidagi mojaroni xotirlatishgan.
«Men o‘g‘ri emasman. Qo‘ytoshdagi maktabda o‘qiganman, bu yerda ajdodlarim yashagan. O‘z pulimga qurdim. Haqqim bor. Xudo oldida vijdonim pok», - degan Almazbek Atambayev.
«Ata Meken» parlament fraksiyasi rahbari Omurbek Tekeyebayev, Atambayev 33 mln som (477 ming dollar)ga uqdirganidek, Qo‘ytoshdagi Albek Ibraimov rafiqasi nomiga xatlangan yer uchastkasini xarid qilgani haqida ma'lum qilgan edi. Prezident u yerda uy qurgan.
Keyinchalik, Bosh prokuratura Omurbek Tekebayevning davlat rahbari va Bishkek shahri meriga nisbatan ayblovida asos ko‘rmaganini qayd etgan.
Tekshiruv natijasiga ko‘ra, Almazbek Atambayevning Albek Ibraimov rafiqasidan 27,5 gektar yer sotib olgani tasdiqlanmadi. Hujjatlarga ko‘ra, aslida yer maydoni 2,7 gektarni tashkil etgan. Ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomasi 2015 yilda qonunchilikka rioya qilingan holda tuzilgan.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026