Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Atambayev Putinning iltimosi haqida gapirib berdi
Foto: akipress
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Rossiya va Qozog‘iston yetakchilari Vladimir Putin hamda Nursulton Nazarboyev uni prezidentlik muddati yakuniga yetgach, lavozimini tark etmasligini so‘rashgani haqida aytib o‘tdi.
"Putin muddat yakunlangach, ketmasligimni so‘radi. Biroq, men hammasini xalq hal qilishini aytdim. Biz sheriklarmiz, biroq Qirg‘izistonning o‘z yo‘li bor", — deya qirg‘istonlik siyosatchining so‘zlarini keltiradi Sputnik Kirg‘iziston.
Shuningdek, bunday taklif Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev tomonidan ham kelib tushganini, qo‘shimcha qildi Atambayev.
"Hukumat tadbirkorlar va fuqarolarni xafa qilishi kerak emas. “Halol ishlasang – ishla, aksincha bo‘lsa – qamoqqa marhamat” prinsipi bo‘lishi kerak. Avvalroq ketish haqida fikrlar paydo bo‘lgandi, biroq hammasini vaqt ko‘rsatadi", - dedi Qirg‘iziston prezidenti.
Ma'lumot uchun, Almazbek Atambayev 2011 yilda olti yilga saylangan. Qirg‘izistonda bir kishi ketma-ket ikki marta prezident bo‘lishi mumkin emas.
Mavzuga oid
18:24 / 29.04.2026
Tashiyev davlat to‘ntarishiga urinishga aloqadorlikda gumonlanmoqda
14:26 / 29.04.2026
Dunyoni ikki lagerga bo‘lgan Cherchill – “Sovuq urush” davri qanday boshlangandi?
21:03 / 28.04.2026
Rossiyada migrantlar uchun davlat bojlari 12 barobar oshishi kutilmoqda
20:54 / 28.04.2026