Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi kuzatuvchilar missiyasi o‘z ishini boshladi
2016 yil 1 dekabr kuni Toshkentga Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi (BSOA) Bosh kotibi Kim Yon Xi keldi. U 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish bo‘yicha BSOA missiyasiga rahbarlik qiladi.
Shu kunning o‘zida Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari K.Adilov BSOA kuzatuvchilari missiyasi a'zolari bilan uchrashdi.
Uchrashuv chog‘ida Missiya a'zolari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirildi.
Ta'kidlanganidek, butun saylov kampaniyasi ochiq va oshkora saylov to‘g‘risidagi qonunlar talablariga va demokratik prinsiplarga muvofiq amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi xalqaro tashkilot sifatida 2013 yil oktabr oyida tashkil topgan BSOA ta'sischilaridan biri hisoblanadi. Assotsiatsiyaning qarorgohi Janubiy Koreyaning Inchxon shahrida joylashgan bo‘lib, u hozirgi kunda dunyoning 102 mamlakatidan 106 ta saylov organini birlashtirgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini
yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi
Mavzuga oid
19:13 / 02.11.2024
Oliy Majlis Senati a’zolari saylovini o‘tkazish sanasi belgilandi
18:07 / 16.10.2024
Oliy Majlis saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlandi
18:48 / 08.10.2024
Saylovda muddatidan oldin ovoz berish kunlari va vaqti belgilandi
15:52 / 20.09.2024