Jahon | 16:21 / 01.12.2016
7085
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikada Popokatepetl uyg‘ondi

Meksika poytaxti Mexiko shahri yaqinida joylashgan Popokatepetl vulqoni uyg‘ondi, deb xabar qilmoqda BFMTV.

Uning og‘zidan kul otilib chiqqan. Vulqon zarralari Puebla aeroporti hududi va uchish-qo‘nish yo‘lagini butunlay qoplab olgach, u bir necha soat davomida yopib qo‘yildi. Hukumat aholi va sayyohlarni vulqonga yaqinlashmaslikka chaqirgan.

Ma'lumot uchun, Popokatepetl nomi atsteklar tilida “Tutunli tog‘” ma'nosini bildiradi. Vulqon dengiz sathidan 5452 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, uning yonida Puebla shahri joylashgan (20 million kishi).

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid