Jamiyat | 14:27 / 01.12.2016
5234
2 daqiqa o‘qiladi

Moskvada yangi masjid qurish rejalashtirilmoqda

Yangi Moskva hududida ming kishiga mo‘ljallangan masjidga ega madaniy-ma'rifiy bino barpo etilishi mumkin. Ayni vaqtda, qurilish ishlariga homiylik qiluvchilar ma'lum, deya oydinlik kiritgan RIA Novosti bilan suhbatida Rossiya musulmonlari yig‘ini rahbari, Moskva muftiysi Albir Krganov.

"Bugun biz Moskva hukumatiga Moskva shahri va Markaziy mintaqa musulmonlarining "Moskovskiy muftiyat" diniy boshqarmasi sifatida yer uchastkasi ajratishni so‘rab murojaat qilamiz. Bugun Yangi Moskva hududida masjid qurish masalasi hal etiladi. U yerda Rossiyadagi boshqa an'anaviy dinlarning inshootlarini barpo etish bo‘yicha qaror qabul qilingan. Endi musulmonlar ham shu borada yakuniy xulosani kutmoqda. O‘ylaymanki, u ijobiy bo‘ladi", — degan Krganov. 

Bugungi kunda Moskvada 4ta masjid faoliyat yuritadi. Bular: Jome masjidi, Zamoskvorechedagi tarixiy masjid, Poklonnaya tepaligidagi masjid hamda "Yordam" masjidi. Poytaxt musulmon jamoatchiligi bir necha marotaba musulmonlar uchun diniy binolar yetishmasligidan arz qilishgan edi.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid