Jahon | 18:50 / 01.12.2016
20199
2 daqiqa o‘qiladi

Putin: Bizga do‘stlar kerak

Foto: RT

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Katta Kreml saroyida Federatsiya Kengashi vakillariga murojaat qildi. Prezident murojaatida iqtisod, ijtimoiy muammolar ichki siyosatga ko‘proq e'tibor berildi.

U Rossiyaning tashqi siyosatdagi asosiy tamoyillari haqida gapirib o‘tgan.

«Biz hech qachon o‘zimizga dushmanlar izlamaganmiz va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Biz ziddiyatlarga kirishishni istamaymiz. Bizga do‘stlar kerak. Biz o‘z manfaatlarimizga daxl qilinishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Biz o‘z kelajagimizni o‘zimiz quramiz. Biz o‘zgalarning maslahatlari va ko‘rsatmalarisiz o‘z yo‘limizda mustaqil rivojlanishda davom etamiz», — degan prezident.

Bundan tashqari, Putin Rossiya xavfsizlik va barcha xalq va millatlar rivojlanishi uchun bir xil imkoniyat yaratilishi tarafdori ekanini qayd etgan.

«Biz xalqaro huquq normalarini hurmat qilish  va ko‘p qirrali dunyoda yashash tarafdorimiz», degan u.

Qayd etilishicha, Rossiya BMT, Yigirmalik guruhi, OTOII (ATES) kabi tashkilotlar tarkibida o‘zining ShHT, KXShT va BRIKS tashkilotlaridagi hamkorlari bilan ijobiy kun tartibini oldinga surib boradi.

Mavzuga oid