Kreml bu yil Ukrainadagi uruşni davom ettirişga qodir va bunga tayyor, şuningdek, buning uçun davlatning barça resurslarini safarbar qilişi mumkin. Bu haqda Litva harbiy razvedkasi va kontrrazvedkasining yillik hisobotida aytilgan. Reuters agentligi undan ayrim parçalarni keltirdi. 

Litva maxsus xizmatlariga köra, Rossiya Boltiq dengizi mintaqasida harbiy salohiyatni tezroq tiklaşga ustuvor ahamiyat beradi. Hisobotda, şuningdek, Rossiya va Xitoyga aloqador hakerlar Litva hukumati kompyuterlariga bir neça bor buzib kirişga uringani aytiladi. 

«Litvaga qarşi faoliyat yuritayotgan eng faol kiberguruhlar Rossiya Federatsiyasi va Xitoy bilan boğlangan», — deyiladi hisobotda. «Ularning ustuvor vazifasi - Litvaning içki va taşqi işlari böyiça doimiy ma’lumot töplaş bölib qolmoqda», deyiladi hisobotda.

Bundan oldin Boltiqböyi davlatlari Ğarbni Ukrainaga qurol yetkazib beriş sur’atini tezlaştirişga çaqirgandi. Tegişli bayonotlar Tallinda bölib ötgan Estoniya, Latviya va Litva hukumat rahbarlarining uç tomonlama uçraşuvida aytilgan.

«Kelgusi oylar juda qiyin böladi. Ular hatto bu uruşda hal qiluvçi rol öynaşi mumkin», - dedi Litva boş vaziri Ingrida Şimonite. «Şuning uçun biz Ukrainani, birinçi navbatda, harbiy yordam masalasida qöllab-quvvatlaşimizni tezlaştirişimiz va kuçaytirişimiz kerak», dedi u.