Tahlilçilarga köra, Rossiya hukumat idoralari Prigojinning jamoatçilik yoki siyosiy qöllab-quvvatlovga ega böliş borasidagi har qanday urinişining oldini olişga harakat qilmoqda.
Tadbirkorning özi «özini taşqi siyosatga ta’sir ötkaza oladigan davlat arbobi sifatida körsatişga» urinmoqda, şuningdek, Rossiyaning Ukrainadagi harakatlarida «Vagner guruhi» kuçlarining rolini börttirib körsatmoqda, deydi ISW ekspertlari.
Prigojin 7 aprel kuni TIVning Afrikadagi faoliyatini tanqid qilib, XHK Taşqi işlar vazirligi va mintaqadagi boşqa davlat idoralari bilan hamkorlik qilişda «katta qiyinçiliklarga» duç kelayotganini aytdi.
Bunga javoban TIV BMT Xavfsizlik kengaşidagi bir qator tadbirlar Afrika kun tartibiga bağişlanganligini ta’kidladi.
Biroq tadbirkorning aytişiça, TIV tomonidan muhokamaga taklif qilingan mavzular «eng ötkir va muhim muammolarni hal etmaydi».


















