Jamiyat | 17:05 / 02.12.2016
21060
1 daqiqa o‘qiladi

Alisher Usmonov Shveytsariyaning eng badavlat kishilari reytingidan joy oldi

Foto: © RIA Novosti

USM Holding egasi, ishbilarmon va xayriyaparvar Alisher Usmonov ilk marotaba Bilan jurnali versiyasiga ko‘ra, Shveytsariyaning eng badavlat 300 kishisi ro‘yxatiga kiritildi. 

Manbaga ko‘ra, Usmonovning bugungi  kundagi moliyaviy holati 12-13 milliard shveysar frankini (11,8-12,8 milliard dollar) tashkil qiladi. Mazkur reytingda u ro‘yxatga yangi kiritilganlar orasida yaqqol yetakchilik qilmoqda. 

Reytingda birinchi o‘rinni IKEA asoschisi Ingvar Kampardning oilasi egalladi. Uning moliyaviy holati 45 milliard shveysar frankiga (45 milliard dollar) baholanmoqda. 

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid