Texnologiya | 15:12 / 02.12.2016
6013
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada o‘ta noyob sayyohlik poyezdlari ishga tushdi

Foto: asahi.com

Yaponiyaning Aomori profekturasi shimolida an'anaviy ko‘mirli pechkalar bilan jihozlangan kichik sayyohlik poyezdi qatnay boshladi. U qishki mavsum oldidan yo‘lga chiqqan, deb xabar qiladi NHK telekanali.

Ikki vagondan iborat tarkib Gosyogavara va Nakadomari shaharlari  oralig‘idagi 22 kilometrlik yo‘nalishda harakatlanib, 40 insonni qabul qilishi mumkin. Vagonlarning har birida ko‘mirli pechka o‘rnatildi. Bu sovuq ob-havo sharoitida isinish imkonini beradi. Bundan tashqari, pechkalarning o‘zi maxsus ochiq manqal bilan jihozlanib, bu yo‘lovchilarga kalmar va boshqa tanqis dengiz mahsulotlarini quritish imkonini beradi.

Birinchi reys yomg‘irli havoda yo‘lga chiqdi. Biroq tashkilotchilarning va'da berishicha, Aomorida qor yog‘ganida poyezdda sayohat qilish juda go‘zal tabiat manzaralarini tomosha qilishga yordam beradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid