Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron AQSh mahsulotlarini xarid qilishni to‘xtatadi
Eron parlamentariylari AQSh mahsulotlarini xarid qilishni taqiqlovchi qonun loyihasini tayyorlashdi. Hujjat AQShning Tehronga nisbatan jazo choralarini uzaytirganiga javob tariqasida hozirlangan, deb xabar qilmoqda Sputnik agentligi Eron parlamentidagi manbasiga tayangan holda.
"Majlis a'zolari har qanday Amerika mahsulotini xarid qilishni taqiqlashni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini tayyorlashdi. Bu AQSh Senatining Eronga nisbatan jazo choralarini uzaytirishga javobidir", — deya manba so‘zlarini keltiradi agentlik.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qonun loyihasi parlamentda ovozga qo‘yiladi.
Eron energetika sanoatiga qarshi qaratilgan va respublikaning yadro quroliga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida joriy qilingan sanksiya 2016 yil dekabrida o‘z kuchini yo‘qotgan edi.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
08:55 / 20.06.2026
OAV: Uitkoff Eron bilan muzokaralar uchun Shveytsariyaga yo‘l oldi
22:39 / 19.06.2026