Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy sudi 21 yil muqaddam qatl qilingan jinoyatchini oqladi
Xitoy sudi bundan 21 yil muqaddam nomusga tegish va qotillik jinoyati bilan ayblanib, qatl qilingan fuqaroni oqladi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar bermoqda.
Ne Shubin 1995 yilda qatl qilingan edi. O‘shanda uning yoshi 21da bo‘lgan.
Yigit 1994 yilning 1 oktabr kuni hibsga olingan edi. Unga nisbatan o‘sha yilning 5 avgust kuni Xebey provinsiyasining Shitszyachjuan shahrida yashovchi ayolga jo‘xori dalasida hujum qilganlik aybi qo‘yiladi. Sud 1995 yilning may oyi o‘rtalarida Ne Shubinga nisbatan nomusga tegish va qotillik aybi bilan o‘lim jazosi chiqaradi.
Ayblanuvchi apellyatsiya beradi, ammo hukm o‘z kuchida qoldiriladi.
Oradan o‘n yil o‘tib, 2005 yilning 18 yanvar kuni qator qotilliklar qilgan jinoyatchi Van Shutszin o‘sha qotillikni ham o‘zi qilganligini tan oladi. Sud jinoyatchini o‘limga hukm qiladi, ammo u apellyatsiya kiritadi. Ayni damda sud mazkur ishni ko‘rib chiqmoqda.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026