Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada harbiy to‘ntaruv harakati bartaraf etildi
Indoneziya maxsus xizmatlari isyonni tashkillashtirishda gumon qilinayotgan 8 nafar kishini qo‘lga oldi. Bu haqida Reuters agentligi xabar berdi.
Yana ikki kishi diniy adovatni qo‘zg‘ashda gumon qilinib, hibsda saqlanmoqda. Qo‘lga olinganlar orasida — siyosatchi va mamlakat sobiq prezidentining singlisi Rachmavati Sukarnoputri, rok-musiqachi Ahmad Dxani va iste'fodagi general Kivlen Zen bo‘lgan.
Isyonchilar bugun mamlakat poytaxti Jakartada bo‘lib o‘tayotgan ommaviy norozilik namoyishlaridan foydalanmoqchi bo‘lishgan. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, ular omma oldida chiqish qilib, odamlarni parlamentni qo‘lga olishga chaqirishni rejalashtirishgan.
Bugun Yava orolidan taxminan 150 ming musulmon Jakarta ko‘chalariga chiqdi. Ular shahar gubernatori - xristian diniga e'tiqod qiluvchi Basuki Tjaxaji Purnamaga qarshi norozilik namoyishlarini o‘tkazishmoqda. Xalqning fikricha, u Qur'oni Karimni haqorat qilgan. Purnamaning o‘zi esa shunchaki saylov oldi kampaniyasida Qur'ondan foydalanayotgan raqiblarini tanqid qilganini ta'kidlamoqda.
Jakarta gubernatori saylovlari 2017 yilning fevralida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Bu Indoneziya siyosiy tizimida eng asosiy ahamiyatga ega lavozimlardan biri hisoblanadi. Purnamaning amaldagi gubernatori - prezident ittifoqdoshi Vidodo. Yaqin kunlargacha u mazkur poygada yetakchilik qilib kelayotgan edi. Biroq Qur'on bilan bog‘liq mojarolardan keyin, ijtimoiy so‘rovlarga ko‘ra, u yetakchilikni 38 yoshli musulmon muxolifatchisi, sobiq prezident Susilo Bambanga Yudoyononing o‘g‘li Agusu Yudoyonoga boy berdi.
Mavzuga oid
09:25 / 06.03.2026
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
08:56 / 27.02.2026
2026 yilda Imom Buxoriy majmuasiga 100 ming indoneziyalik ziyoratchi kelishi kutilmoqda
11:17 / 10.02.2026
YeI ilk bor uchinchi davlatlar portlariga sanksiya qo‘llashni ko‘rib chiqmoqda
19:34 / 11.01.2026