Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maqsadimiz – xalq farovonligini yanada yuksaltirish

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturida bugungi kunda o‘z yechimini kutib turgan ijtimoiy masalalarni hal qilish dolzarb vazifalardan biri ekani ta'kidlanadi. Bu borada nomzod “Islohot – islohot uchun emas, avvalo inson uchun” degan hayotiy tamoyilga ustuvor ahamiyat qaratadi.
Shu o‘rinda ta'kidlash joizki, bugungi kunda mamlakatimiz aholisining qariyb yarmi, ya'ni 16 million odam qishloq joylarda istiqomat qiladi. Har yili qishloqlarda 160 mingdan ortiq yosh oila barpo bo‘ladi. Tabiiyki, ularning aksariyati uy-joyga ehtiyoj sezadi.
Ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda fuqarolarning aksariyati o‘z uyiga ega bo‘lmay, ijarada turishni ma'qul ko‘rsa, mamlakatimiz aholisi, asosan, o‘z uy-joyiga ega bo‘lish, unda oilasi bilan baxtli hayot kechirish, farzandlarini zamonaviy andozalar asosida barpo etilgan, barcha shart-sharoitga ega uyda tarbiya qilishga intiladi. Odamlarimiz o‘z uyiga ega bo‘lishni farovon va barqaror turmushning muhim omili, deb biladi.
Mazkur masalaning dolzarbligini hisobga olgan holda, keyingi yillarda namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uy-joylar qurish, qishloqda muhandislik, kommunikatsiyalar, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini yaratish borasida keng miqyosli ishlar olib borildi. Tegishli dastur amaliyotga yo‘naltirilganidan buyon qishloq joylarda 69 ming 557 ta turar joy bunyod etilib, o‘tgan yetti yil davomida bu maqsadlarga mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan 4,3 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Shu bilan bir qatorda, ushbu ezgu ishlarga xalqaro moliyaviy institutlarning kredit liniyalari jalb etildi. Yuqorida keltirilgan raqamlar ortida o‘z uyiga ega bo‘lgan baxtli ota-onalar va farzandlar, uy-joy sha¬roitlarini yaxshilab olgan o‘n minglab oilalar turganini anglash qiyin emas.
Ayni paytda ushbu sohani o‘rganish aholining real ehtiyojlari va xarid qobiliyatini, shuningdek, milliy mentalitetni va qishloq joylarda yashash sharoitlarining xususiyatlarini to‘liq hisobga olib qurilish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan prinsipial jihatdan yangi yondashuvlarni ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatdi. Qishloq aholisining zamonaviy va arzon uy-joyga ehtiyoji tobora ortib borayotgani uy-joy qurilishi uchun imtiyozli kreditlar berishning yanada qulay shartlarini joriy etish, energiyani tejaydigan materiallar va asbob-uskunalarning yangi turlaridan foydalanishni kengaytirish, shuningdek, uylarning tannarxini pasaytirishni taqozo etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezident¬ligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev o‘z Saylovoldi dasturida besh yilga mo‘ljallangan, to‘rt xil yangi namunadagi, qulay va arzon uy-joylarni barpo etishga qaratilgan Qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturini amalga oshirishning aniq yo‘nalishlarini bayon qildi.
Ta'kidlash joizki, bugungi kunda uy quruvchilarning yakka tartibdagi uy-joy barpo etish uchun boshlang‘ich badali 25 foizni tashkil etayotgan bo‘lsa, dasturga muvofiq, badal miqdori 15 foizgacha kamaytiriladi. Shu bilan birga, uy quruvchilarga 3 yillik imtiyozli davr va birinchi 5 yil mobaynida yillik 7 foiz miqdoridagi stavkasi bilan 15 yil muddatga ipoteka kreditlari beriladi.
Bundan keyingi davrda kreditning foiz stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiningqaytamoliyalashtirish stavkasidan oshmaydi.
Dasturda ko‘zda tutilgan ipoteka kreditlariga doir yengilliklar yosh oilalarga uy-joy xarid qilishni ortga surmasdan o‘z uyiga ega bo‘lishi hamda kredit to‘lovlarini qiyinchiliksiz amalga oshirishi, qisqacha aytganda, munosib turmush kechirishini ta'minlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Dasturda asosiy e'tibor uy-joyning aynan arzonligiga qaratilgan, bu esa fuqarolarimizga ushbu afzallikdan foydalanishi uchun keng yo‘l ochadi.
Barpo etilayotgan namunaviy uylarning narxi nimaning hisobidan pasaytirilishi ham puxta o‘ylangan. Buning uchun asosiy qurilish materiallari va buyumlarga qurilish-pudrat tashkilotlarining xarajatlari maqbullashtiriladi, uy quruvchilariga soliq, bojxona imtiyozlari va boshqa imtiyozlar taqdim etiladi. Dasturni amalga oshirishning birinchi bosqichidayoq, ya'ni 2017 yilda ehtiyojmand oilalar uchun boshlang‘ich to‘lov hajmi ikki barobar kamaytirilib, to‘rt xil yangi namunadagi, qulay va arzon, bir va ikki qavatli 15 mingta zamonaviy uy-joy barpo etish mo‘ljallanmoqda.
Keyingi yillarda mamlakatimizda qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar natijasida qurilish sohasining ilg‘or texnologiyalari asosida xalqaro standartlarga javob beruvchi zamonaviy qurilish va pardoz materiallarini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi, ayni paytda ularning eksporti yo‘lga qo‘yildi.
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning Saylovoldi dasturida 2017 – 2020yillarda shaharlarda 945 ta ko‘p qavatli uylar qurish dasturi loyihasini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan. Dasturga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahri hamda yirik shaharlarda 50 mingga yaqin oilalar uchun ko‘p qavatli arzon uylar quriladi. Yangi uylarning qurilishi dasturda ko‘zda tutilgan boshqa choralar, ya'ni shahar va qishloqlarda barpo etilayotgan yangi mavzelarda tegishli infratuzilmani yaratish, jumladan, yo‘l-transport tarmoqlarini barpo etish, suv tarmoqlarini modernizatsiya qilish, energiya ta'minotini yaxshilash bilan birgalikda fuqarolarimiz turmush sharoitlarini salmoqli darajada yaxshilash imkonini beradi.
Bundan tashqari nomzodimiz Shavkat Mirziyoyev Saylovoldi dasturida dolzarb ijti¬moiy masalalarni hal qilishga qaratilgan 15 ta maqsadli dastur ishlab chiqish vazifasi ilgari surilgani, qolaversa, ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish birinchi darajali vazifalar qatoriga kiritilgani g‘oyat ahamiyatlidir.
Ana shu xayrli ishlarning amaliy ifodasi sifatida kelgusida 9 ming km. ichimlik suvi tarmoqlari, 1,4 mingta quduq va 3,6 mingta suv inshootini qurish va rekonstruksiya qilish, qo‘shimcha 3,2 mln. aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash orqali mamlakatimizda ushbu ko‘rsatkichni 84 foizga yetkazish, 25,3 ming km. past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish, 5,6 mingta transformator podstansiyalarini almashtirish, 1,7 ming km. avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish, aholi uchun o‘ta muhim bo‘lgan 10,4 ming km. xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shaharlar, tuman markazlari, kichik shaharchalar va qishloq joylardagi mahalla ko‘chalarini kapital va joriy ta'mirlash kabi vazifalar o‘z yechimini topadi.
Umuman, saylovoldi dasturida nazarda tutilgan shu va boshqa tizimli chora-tadbirlarning ro‘yobga chiqarilishi pirovardida xalqimiz farovonligining yuksalishiga, odamlarning hayotdan rozi bo‘lib yashashiga hizmat qiladi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.
Mamlakatimiz kelajakda dunyoning eng taraqqiy topgan davlatlari qatorida o‘z munosib o‘rniga ega bo‘lsin, degan fuqarolarni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevga ovoz berishga chaqiramiz.
Dilshod ShOUMAROV,
O`zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya
qo‘mitasi raisi o‘rinbosari
Reklama huquqi asosida.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Zalujniy Zelenskiyga saylovda qatnashmoqchiligini aytdi
14:00 / 26.06.2026
«Har uch so‘mning biri nazoratdan tashqarida qolyapti» – O‘zLiDePda yashirin iqtisodiyot masalasi muhokama qilindi
10:45 / 13.06.2026
Armanistonda saylov ovozlari qayta sanaldi
09:00 / 08.06.2026