Mutaxassislar bu holatga naqd pul aylanmasining yuqoriligi, byurokratik tösiqlar va rasmiy faoliyat yuritişdagi murakkabliklar sabab bölayotganini aytmoqda. Iqtisodiyotni «soyadan çiqariş» uçun raqamlaştiriş, naqdsiz tölovlarni kengaytiriş va qonuniy faoliyatni rağbatlantiriş zarurligi ta’kidlandi. Qayd etilişiça, muammoni faqat nazorat mexanizmlari orqali hal etiş qiyin.

Mazkur masala ÖzLiDeP «Taraqqiyot nuqtasi» munozara klubining navbatdagi yiğilişida muhokama qilindi.

Tadbirda keltirilgan ma’lumotlarga köra, bugungi kunda yaşirin iqtisodiyot hajmi mamlakat yalpi içki mahsulotining qariyb uçdan bir qismiga teng. Bu esa iqtisodiyotda yaratilayotgan qiymatning sezilarli qismi davlat nazorati va rasmiy hisob-kitoblardan taşqarida qolayotganini anglatadi.

Muhokamalar davomida bir neça yillardan buyon amalga oşirilayotgan islohotlarga qaramay, uşbu körsatkiç nega keskin kamaymayotgani masalasi örtaga taşlandi. Mutaxassislarning aksariyati buning asosiy sabablaridan biri sifatida naqd pul aylanmasining yuqoriligini körsatdi. Şu bois, yaşirin iqtisodiyot uluşini qisqartiriş uçun naqdsiz tölovlarni yanada kengaytiriş zarurligi taklif etildi.

Ta’kidlanişiça, elektron tölovlar pul mablağlari harakatini kuzatişni yengillaştiradi, hisobga olinmagan aylanmalarni qisqartiradi hamda soliq ma’murçiligini soddalaştiradi. Xalqaro tajriba ham iqtisodiy şaffoflikni oşirişda aynan raqamli tölov tizimlari muhim vositalardan biri ekanini körsatmoqda.

Iştirokçilar muammoning boşqa jihatiga ham e’tibor qaratdi. Bildirilgan fikrlarga köra, fuqarolar va tadbirkorlar uçun qulay şaroitlar yaratilmas ekan, ularni rasmiy iqtisodiyotga jalb qiliş qiyin böladi.

Iqtisodiyotni «soyadan çiqariş» uçun qonuniy faoliyat yuritiş noqonuniy işlaşdan köra manfaatliroq bölişi kerakligi qayd etildi. Aks holda ortiqça xarajatlar, byurokratik tösiqlar yoki murakkab tartib-taomillar tadbirkorlarni norasmiy faoliyat yuritişga undaşi mumkin. Tadbir iştirokçilarining aytişiça, biznes uçun qonuniy işlaş qulay bölmagan şaroitda eng qat’iy nazorat çoralari ham kutilgan natijani bermasligi ehtimoldan xoli emas.

Tadbir davomida ayrim bozorlarda qöllanayotgan taqiqlovçi çoralar samaradorligi masalasiga töxtalindi. Xususan, snyus va nikotinli pauçlar misol tariqasida keltirildi. Ayrim iştirokçilar taklifiga köra, uşbu mahsulotlarga nisbatan çeklovlar joriy etilgaç, aylanmasining bir qismi norasmiy sektorga köçib ötgan bölişi mumkin. Bu esa nazorat tizimi hamda soliq ma’murçiligi nuqtayi nazaridan qöşimça muammolarni yuzaga keltiradi.