Jahon | 08:31 / 02.12.2016
5121
1 daqiqa o‘qiladi
Peruda yuz bergan yerosti silkinishlari vayronagarchiliklarga sabab bo‘ldi
Peruning janubiy hududlarida kuchli zilzila ro‘y berdi. Reuters agentligining AQSh geologiya xizmatiga tayangan holda xabar qilishicha, uning kuchi 6,3 ballni tashkil etgan.
Zilzila markazi Xulyaka shahridan 45 km shimoli-sharqda 3 kmlar chuqurlikda bo‘lgan. Earthquake Track portali xabariga ko‘ra, ofat mahalliy vaqt bilan 17:40lar atrofida ro‘y bergan.
Mamlakat fuqaro mudofaasi milliy instituti Twitter sahifasida ma'lum qilishicha, zilzila tufayli binolar vayron bo‘lgan.
«Xabarlarga ko‘ra, Lampa viloyatida 8 ta uy vayron bo‘lgan, Paratiya okrugida 40ta uyga talofat yetgan. Odamlar xavfsiz joylarga ko‘chirilgan», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
15:52 / 09.09.2024
Marokashdagi zilzilaga bir yil to‘ldi. Aholi hanuz chodirlarda yashab, hukumat va’da qilgan yordamni kutmoqda
07:30 / 09.09.2024
Toshkentda yer silkinishi sodir bo‘ldi
07:10 / 24.08.2024
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Farg‘onada sezildi
23:29 / 15.08.2024