Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Bashar Asadni iste'foga chiqishga chaqirdi
Turkiya TIV rahbari Mavlut Chavushog‘lu Suriyada qon to‘kilishini to‘xtatishga chaqirdi, deb xabar bermoqda Reuters.
Bayrutdagi matbuot anjumanida qatnashgan Chavushog‘lu Bashar Asadni 600 ming kishining o‘limida aybladi va u bundan keyin ham mamlakat rahbari sifatida qola olmasligini aytdi. Vazirning ko‘rsatishicha, Anqara Moskva, Tehron, Damashq va Bayrut bilan Suriya mojarosini hal qilish yuzasidan muzokaralar olib bormoqda. Barcha tomonlar o‘t ochishni to‘xtatish va Aleppoga gumanitar yordamni yetkazib berishga rozi bo‘lsa-da, Chavushog‘luning so‘zlariga ko‘ra, ular o‘rtasida chuqur kelishmovchiliklar bor.
Eslatib o‘tamiz, Chavushog‘lu 1 dekabr kuni Alanya shahrida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi. Unda bundan keyin ham ikki tomonlama munosabatlarni yaxshilash masalasidan tashqari, Erdo‘g‘anning yaqinda bergan bayonoti yuzasidan ham fikrlashildi. Unda yetakchi Turkiya qo‘shinlarining Suriya hududiga kiritilishi mamlakat prezidenti Bashar Asadni hukumatdan chetlatish uchun qilinganini ma'lum qilgan. Chavushog‘luning tasdiqlashicha, Turkiyaning asosiy vazifasi IShID bilan kurash bo‘lib qoladi.
Mavzuga oid
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026