Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina va Polsha harbiy sohadagi hamkorlik to‘g‘risida shartnoma tuzdi
Polsha Mudofaa vaziri Antoniy Macherevich va uning ukrainalik hamkasbi Stepan Poltorak harbiy sohada hamkorlik qilish bo‘yicha hukumatlararo kelishuvni imzoladi. Bu haqda «112 Ukraina» telekanali saytida xabar yozilgan.
Xabar qilinishicha, bu kelishuv Petro Poroshenkoning Varshavaga davlat tashrifi davomida ikki davlat rahbari shohidligida imzolangan.
«Ushbu hujjatni imzolashdan maqsad ikki davlatning mudofaa sohasida o‘zaro muvofiqlikda harakatlanishining huquqiy bazasini yaratish hisoblanadi», — deyilgan Ukraina prezidenti matbuot xizmati xabarida.
Ushbu kelishuv ikki davlat o‘rtasida bungacha tuzilgan harbiy texnikalar va qo‘shma mashg‘ulotlar bo‘yicha kelishuvining kengaytirilishi hisoblanadi.
Yangi kelishuvning muhim jihatlari sifatida harbiy aloqalar va informatsion tizimlar, logistik ta'minot, modernizatsiya va qurollar yetkazib berish hamda maxsus amaliyotlar o‘tkazish kabilarni keltirish mumkin.
Mavzuga oid
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026