Jahon | 16:33 / 03.12.2016
3528
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Indoneziyada yuz bergan aviahalokatda kamida 12 kishi vafot etgan

Indoneziyada politsiya samolyotining halokatga uchrashi oqibatida kamida 12 kishi hayotdan ko‘z yumgan, deb xabar qilmoqda Jakarta Post gazetasi harbiy manbalarga tayangan holda. 

"Samolyot qulashidan avval, portlash eshitilgan. O‘rindiqlar parchalari va odamlar qoldiqlari mahalliy aholi vakillari tomonidan topilgan", — deya ma'lum qilgan Tandjung-Pinang harbiy-dengiz bazasi rahbari S. Iravan.

Nashrning yozishicha, samolyot Janubiy-Xitoy dengizidagi Riau oroli hududiga qulagan. Havo layneri Pankalpinang shahridan Batam shahri tomon parvozni amalga oshirayotgan bo‘lgan.

Samolyot qulagani taxmin qilingan joyga qidiruv-qutqaruv amaliyotini o‘tkazish uchun maxsus bo‘linma yuborilgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid