Sport | 18:06 / 03.12.2016
9860
2 daqiqa o‘qiladi

«Barselona» - «Real Madrid» o‘rtasidagi «El-Klasiko»dan matnli onlayn

Bugun Toshkent vaqti bilan soat 20.15da Ispaniya La Ligasining 14-turi doirasida «Barselona» — «Real Madrid» o‘rtasidagi navbatdagi qarama-qarshilik boshlanadi.

Bu bahs arafasida «Real» hisobida 33, «Barselona»da 27 ochko bor. Mazkur ikki jamoa dastlabki ikki o‘rindan joy olgan.

«Barselona» ketma-ket ikki turdan buyon raqiblarini mag‘lub eta olmayapti. Kataloniyaliklar jamoasi joriy mavsumda 2 bor yutqazgan.

«Real» mavsumda hali yutqazgani yo‘q. Zidan shogirdlari qatorasiga 6 turdan beri g‘alaba qayd etmoqda.

«Barselona» — «Real Madrid». Matnli onlayn >>>>>>>>>>>>>>

O‘yin uchun tarkiblar:

«Barselona»: ter Shtegen, Pike, Maskerano, Alba, Gomesh, Buskets, Rakitich, Roberto, Suares, Messi, Neymar.

«Real»: Navas, Karvaxal, Varan, Ramos, Marselo, Kovachich, Modrich, Isko, Lukas, Benzema, Ronaldu.

O‘yindan oldingi murabbiylarning fikrlari:

Zidanning «klasiko» arafasidagi matbuot anjumanida berilgan savollarga javoblari

Luis Enrike: «Biz ertaga yutqazsak ham, bu fojia bo‘lmaydi»

 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid