Jahon | 07:56 / 04.12.2016
4620
2 daqiqa o‘qiladi

Afrika va Yevropani bog‘lovchi gaz quvuri barpo etiladi

Foto: Reuters

Nigeriya va Marokash ikki davlatni bog‘lovchi gaz quvuri qurish haqidagi kelishuvni imzoladi. Bu gaz quvuri Afrikaning bir nechta davlatlariga kelajakda Yevropaga gaz yetkazib berishga imkon beradi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Ma'lum qilinishicha, kelishuv Marokash qiroli Muhammadning Nigeriya poytaxti Abujuga tashrifi vaqtida tuzilgan. Nigeriya vakili Jyeffri Oniyemaning aytishicha, gaz quvuri loyihasi barcha manfaatdor tomonlar ishtirokida ishlab chiqiladie

"Bu kelishuvda ikki davlat mintaqalararo gaz quvurini barpo qilishda muayyan choralarni ko‘rishga rozi bo‘ldilar, bu choralar Nigeriya gaz zaxiralarini G‘arbiy Afrika davlatlari va Marokash bilan bog‘lashga imkon beradi", deb aytdi Oniyema.

Ta'kidlanishicha, loyiha raqobatbardosh va Yevropa energetika bozoriga bog‘lanish salohiyatiga ega mintaqaviy elektr energiya bozorini yaratishga qaratilgan. Ayni vaqtda gaz quvurini qurish muddatlari noma'lumligicha qolmoqda.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid