O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov 4 dekabr kuni ovoz berish uchun Toshkent shahri Shayxontohur tumanida joylashgan 550-saylov uchastkasiga keldi.
Narimon Umarov saylov uchastkasiga turmush o‘rtog‘i hamrohligida tashrif buyurgan.
U saylov uchastkasidagi mahalliy va xalqaro kuzatuvchilar bilan suhbatlashgan.