Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada referendum: Yevropa italyancha exit xavfi ostida
Italiyada mahalliy vaqt bilan soat 7.00da (Toshkent vaqti bilan soat 11.00) konstitutsion islohot masalasi bo‘yicha referendum uchun saylov uchastkalari ochildi. Ushbu tashabbus mamlakatning hozirgi bosh vaziri Matteo Rentsi tomonidan bildirilgan.
Ovoz berishda Italiyaning deyarli 47 mln fuqarosi, hamda xorijda istiqomat qiluvchi 4 mln italyan ishtirok etadi. Ular konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha savolga yoki «ha» yoki «yo‘q» javobini bildirishlari kerak bo‘ladi.
Saylov uchastkalari soat 23.00da yopiladi (Toshkent vaqti bilan 5 dekabr kuni soat 3.00 msk), keyin ovozlarni hisoblash boshlanadi.
Taklif qilinayotgan islohotga butun muxolifat qarshi chiqmoqda.
Referendumning qanday tugashini mamlakat Vazirlar Mahkamasi va shaxsan Rentsoning kelgusi taqdiri bilan bog‘lashmoqda.
Islohotning muhim bandlaridan birida milliy parlament tarkibi va vazifalarini o‘zgartirish bildirilgan. Bunda qonunchilik jarayonini yengillashtirish, qonun loyihalarini takroran muhokama qilishdan qochish va Italiyada ko‘proq siyosiy barqarorlikni ta'minlash maqsadida joriy ko‘rinishda Senatni bartaraf etish ko‘zda tutilgan.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi 70 yil ichida Italiyada 65 marta hukumat almashgan. Senat saylov orqali shakllantiriladigan organ bo‘lishdan to‘xtaydi. Unga viloyatlar vakillari hamda yirik shaharlar merlari kiradi.
Bundan tashqari, 5 senator Italiya prezidenti tomonidan 7 yillik muddatga belgilanadi. Umrbod senatorlar institutini bartaraf etish rejalashtirilmoqda. Hukumatga ishonch bildirish masalasi bo‘yicha ovoz bermaydigan yuqori palata a'zolari soni uch martga qisqaradi (315 kishidan 10 kishigacha). Bu esa bosh vazirning aytishicha, davlat mablag‘larini ancha tejashga imkon beradi.
Yangi senat qonunchilik jarayonida cheklangan holda, faqatgina viloyatlar yoki Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarga tegishli qonun loyihalarigina ko‘rib chiqishda ishtirok etadi. Shu bilan birga senatorlar ortidan parlament immuniteti saqlanib qoladi. Rentsining ta'kidlashicha, ushbu referendum Italiyani o‘zgartirish, uni Yevropada yetakchi rol egallaydigan, barqaror, zamonaviy va raqobatbardosh davlatga aylantirish uchun tarixiy imkoniyatdir.
Agar referendumda g‘alaba qozonmasa, Rentsi iste'foga ketishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
22:05 / 29.05.2026
Italiya hukumati Sitsiliya mafiyasining millionlab yevro aktivlarini musodara qildi
08:53 / 19.05.2026
O‘zbekistonliklar Italiya fermer xo‘jaliklarida ishlashi mumkin bo‘ladi
09:20 / 14.05.2026