Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2018 yilda hind kompaniyasi Oyga birinchi o‘ziyurar qurilma yubormoqchi
Foto: AXIOM RESEARCH LABS PVT. LTD.
2018 yilda xususiy hind kompaniyasi Team Indus Oyga birinchi o‘ziyurar avtomatik qurilma (lunoxod) yuborib, tadqiqot o‘tkazmoqchi. Bu haqda Wall Street Journal nashri xabar bermoqda.
Kompaniya Hindiston koinot tadqiqotlari milliy agentligi ISRO bilan birga raketa-tashuvchini uchirishga kelishib oldi. Kompaniyaga raketani uchirish uchun 2017 yilning 28 dekabridan boshlab uch kun beriladi. Koinot qurilmasi Oy sirtiga 2018 yil 26 yanvarda qo‘nishi kerak.
Qurilmaning parvozi uchun 60 mln dollar sarflanadi. Ulardan 20 mlni universitetlar va xususiy tuzilmalardan olinadi. Qolgan mablag‘ homiylar tomonidan qoplanadi.

Qurilma Oyga qo‘ngandan keyin 500 metrcha yurib, yon-atrofni suratga va videoga olib, ularni Yerga yuborishi kerak. Agar qurilma buni uddalay olsa, unda Team Indus Google Lunar XPRIZE mukofotida g‘alaba qilib, Google kompaniyasidan 30 mln dollar mukofot puli oladi.
Ma'lumot uchun, Team Indus kompaniyasi idorasi Nyu-Dehlida joylashgan. Kompaniya xodimlari soni 85 kishidan iborat. Google Lunar XPRIZE mukofotini Google va X Prize jamg‘armasi 2007 yilda ta'sis etgan. Mukofot yuqorida keltirilgan shartlarni qanoatlantiruvchi lunoxodni yaratgan jamoaga topshiriladi.
Mavzuga oid
18:14 / 21.12.2025
Peterburg ko‘chalarida hindistonlik migrantlar ishlay boshladi
07:30 / 17.12.2025
Infografika: Xitoy va Hindiston armiyasi - kim kuchliroq?
21:19 / 15.12.2025
Hindistonda uy bekalariga «maosh» to‘lash bo‘yicha keng ko‘lamli loyiha boshlandi
15:48 / 15.12.2025