Jahon | 22:23 / 05.12.2016
4356
3 daqiqa o‘qiladi

Isroil va Turkiya diplomatik munosabatlarni qayta tiklamoqda

Foto: © AFP

Isroilning 2010 yildan buyon Turkiyadagi birinchi elchisi ilk marta dushanba kuni turk davlati rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga ishonch yorlig‘ini topshirdi. Bu ikki mamlakat munosabatlari normallashuvi yo‘lida qo‘yilgan muhim qadamdir. Bu haqida Daily Sabah nashri xabar berdi

Eytan Nae Anqaradagi prezident qarorgohida Turkiya rahbari R.T.Erdo‘g‘an tomonidan qabul qilindi. Ushbu uchrashuv muhrlangan video Turkiya prezidenti saytida taqdim etildi. Unda Erdo‘g‘anning yangi elchini iliq qarshi olganini ko‘rish mumkin. 

Manbaga ko‘ra, Noening bu tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarning ustuvor jihatlaridan biri energetika sohasiga taalluqli bo‘ladi. 

Noe bunga qadar Isroilning Londondagi elchixonasida missiya rahbari o‘rinbosari va Isroilning Ozarboyjondagi elchisi lavozimlarida ishlagan.

Turkiya va Isroil munosabatlari 2010 yilda isroillik askarlarning G‘azo sektoriga hujumidan so‘ng yomonlashgan edi - ular kemaga hujum qilib, 9 nafar turk fuqarosi va 1 nafar Turkiya-Amerika fuqaroligiga ega shaxsni o‘ldirishgan. 

Turk fuqarolaridan biri Ug‘ur Sulaymon So‘ylemiz deyarli 4 yil davomida koma holatida bo‘lib, 2014 yilda hayotdan ko‘z yumdi. Bu Turkiya va Isroil o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashuviga sabab bo‘ldi. 

Sentyabr oyida Isroil Turkiyaga kompensatsiya sifatida 20 million yevro (18 million yevro) to‘ladi va bo‘lib o‘tgan voqealar uchun uzr so‘radi. 

Ikki mamlakat ham Mavi Marmara voqeasidan keyingi olti yillik bahslardan keyin o‘z elchilarini tayinlashga qaror qilishdi. 

O‘tgan oyda Turkiya bosh vaziri Binali Yildirimning maslahatchisi Kemal O‘kem Anqaraning Isroildagi elchisi etib tayinlangandi. 

O‘kem diplomatik kelishuvni tasdiqlovchi so‘nggi qadamni tashlab, 12 dekabrdan ishga kirishadi. 

 

Mavzuga oid