Jahon | 08:11 / 05.12.2016
3127
2 daqiqa o‘qiladi

Italiyada Konstitutsiya islohotiga qarshilar yetakchilik qilmoqda

Foto: Getty Images

Italiya Asosiy qonunini isloh qilishga qarshilar saylovda yetakchilik qilmoqda. Bu haqda, RaiNews24 telekanali IPR-Marketing va Istituto Piepoli tomonidan o‘tkazilgan ekzit-pol natijalariga tayangan holda xabar qilinmoqda

Islohot o‘tkazish rejasiga «yo‘q» deb javob berganlarning taxminiy soni 54-58 foizni tashkil etadi. 42dan 46 foizgacha bo‘lgan saylovchilar o‘z roziliklarini bildirishgan. 

Referendumda ovoz berish uchun ochilgan saylov uchastkalari kechki 23:00gacha faoliyat ko‘rsatgan. Xabarlarga ko‘ra, saylovchilarning 57 foizi ovoz berish jarayonida qatnashgan. 

Hukumat qonun loyihasi mamlakat senati vakolat va vazifalarini o‘zgartirishni ham ko‘zda tutadi. U milliy parlamentda muhokama qilingan va 12 aprelda tasdiqlangan edi. 

Bundan tashqari, Italiya bosh vaziri Matteo Rentsi islohotlarga qarshilar g‘alaba qozongudek bo‘lsa, iste'foga chiqishi mumkinligi haqida bayonot bergan edi. 

 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid