Sport | 08:19 / 05.12.2016
9746
2 daqiqa o‘qiladi

«MYu» so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Angliya chempionatining 14-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv yakuniga yetdi. «Everton» o‘z uyida «Manchester Yunayted»ni qabul qilib durangga imzo chekdi.

«Gudison Park»da kechgan uchrashuvda avvaliga Zlatan Ibrahimovich hiobni ochgandi. Ammo o‘yin tugashi arafasida maydonga tushgan sobiq «Everton» futbolchisi Maruan Fellayni raqib futbolchisini jarima maydonchasi ichida yiqitib penalti belgilanishiga sabab bo‘ldi. Leyton Beyns nuqtadan aniq zarba yo‘llab o‘yindagi yakuniy natijani o‘rnatdi – 1:1.

«Manchester Yunayted» ushbu natijadan keyin 21 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda. «Everton» (20 ochko) esa «Vest Bromvich» bilan yettinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi.

Angliya premer-ligasi

14-tur

Everton – Manchester Yunayted 1:1 (0:1)

Gollar: Ibragimovich, 42 (0:1); Beyns, 89 (1:1, pen).
Everton: Stekelenburg, Funes Mori, Beyns, Koulmen (Xolgeyt, 67), Uilyams, Kleverli (Deulofeu, 65), Berri, Bolazi (Valensiya, 68), Guyye, Miralyas, Lukaku.
Manchester Yunayted: De Xea, Roxo, Djons, Darmian, Valensiya, Mxitaryan (Fellayni, 85), Pogba, Kerrik, Errera, Marsyal (Reshford, 83), Ibragimovich.
Ogohlantirishlar: Roxo (16), Berri (31), Fellayni (88), De Xea (88), Lukaku (90).

Mavzuga oid