O‘zbekiston | 17:29 / 05.12.2016
12981
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston rahbari Shavkat Mirziyoyevni g‘alaba bilan tabrikladi

Foto: jahonnamo.tj

Tojikiston respublikasi prezidenti Imomali Rahmon va O‘zbekistonning yangi saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘rtasida telefon muloqoti o‘tkazildi.

Imomali Rahmon Shavkat Mirziyoyevni davlat rahbarligi lavozimi bilan qizg‘in qutlagan va unga kelgusida ulkan muvaffaqiyatlar tilab, o‘zaro do‘stona aloqalar mustahkalashishda davom etishiga umid bildirgan.

Davlat rahbarlari O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlarni mustahkamlash masalalari bo‘yicha fikr almashdilar. Shuningdek, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi dolzarb vazifalarning amaliy ro‘yobga chiqarishdan har ikki tomon ham manfaatdor ekanligini ta'kidladilar. 

O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq qarorlarga kelish maqsadida davlat va jamoat tuzilmalari, xo‘jalik sub'yektlarining ikki tomonlama muloqotlarini qo‘llab-quvvatlashga kelishib oldilar. 

Suhbat konstruktiv va do‘stona ruhda kechdi. 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid