Fan-texnika | 15:02 / 06.12.2016
20933
1 daqiqa o‘qiladi

120 BMW krossoverlarini olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib ketdi

Foto: newswest9.com

AQShda BMW avtomobillarini Grirdagi zavoddan olib kelayotgan poyezd relsdan chiqib ketdi. Natijada 120 krossoverlar, jumladan X3, X4, X5 va X6 modellari zarar ko‘rgan. Ularning barchasi Charlston shahri portiga yo‘l olayotgan bo‘lib, u yerdan eksportga jo‘natilishi kerak edi. Bu haqda KWES xabar beradi.

Automotive News’ning aniqlik kiritishicha, poyezd Janubiy Karolinadagi Bler shahri yaqinida relsdan chiqib ketgan. Tarkibda ikki lokomotiv va har biri 10 avtomobilni olib ketayotgan 12 vagon bo‘lgan.

Poyezdlar tegishli bo‘lgan Norfolk Southern kompaniyasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, yo‘l avariya sabab zarar ko‘rgan va hozirda tiklanmoqda. Poyezd ishchilaridan hech kim jabrlanmadi.

Norfolk Southern voqea sabablarini o‘rganishga kirishgan.

Foto: newswest9.com
Foto: newswest9.com
Foto: newswest9.com

Mavzuga oid