Jamiyat | 10:09 / 06.12.2016
10363
1 daqiqa o‘qiladi

2016 yilda dunyo sayyohligi poytaxti nomi ma'lum qilindi

Kuni-kecha 2016 yilda dunyo sayohligi poytaxtini aniqlaydigan World Travel Award tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda Pekin, London, Nyu-York, Parij, Rio-de-Janeyro, Rim, Sidney, Sankt-Peterburg va Venetsiya shaharlari o‘zaro raqobatlashishdi.

World Travel Awards prezidenti Grem Kukning ma'lum qilishicha, eng ko‘p sayyohlar Sankt-Peterburgning madaniy-me'moriy obidalarini tomosha qilgani tashrif buyurishar ekan. Shunga muvofiq shahar ushbu tanlovda g‘olib bo‘lgan.

Ma'lumot uchun: 2016 yilning sentabr oyida Sankt-Peterburg World Travel Awards’ning  «Yevropadagi yetakchi sayyohlik yo‘nalishi»da ham birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. O‘shanda unga raqib sifatida Amsterdam, Barselona, Berlin, London, Florentsiya, Parij, Rim va Yevropaning yana bir qancha shaharlari tilga olingan.

 

Mavzuga oid