Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2017 yildan YeIga sayohat qiluvchilarni yangicha usulda tekshirishadi
Yevroittifoq 2017 yildan e'tiboran tashkilot hududiga kirayotgan yoki undan chiqayotgan har bir kishini yangi uslubda tekshirishni joriy qilishi mumkin. YeIning yangi qonun loyihasida ularni Yevropol manbalari orqali tekshirish nazarda tutilgan. Hujjat Yevroparlament va YeI Kengashi ekspertlar guruhi tomonidan ma'qullangani xabar qilinmoqda.
Euobserver internet nashrining xabar qilishicha, bu choralar, jumladan, Suriya va Iroqdan YeIga qaytayotgan terrorchilarni aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Hozirda Yevropaga sayohat qilayotganlar Shengen axborot tizimi orqali tekshiriladi. Unda, YeIga kiruvchi va undan chiquvchilarga oid pasport ma'lumotlari aks etadi, xolos. Qonun loyihasi YeIning barcha institutlari tomonidan tasdiqlansa, fuqarolarning biometrik, xususan barmoq izlariga doir ma'lumotlar yagona axborot manbaiga kiritiladi.
2015 yilda Shengen hududi mamlakatlarida 200 milliondan ortiq kishi bo‘lgan, deb xabar qilmoqda EUobserver.
Mavzuga oid
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
19:55 / 29.05.2026
Yevropa Ittifoqi Temu’ni 200 mln yevro jarimaga tortdi
08:47 / 28.05.2026
YeI Rossiya bilan muzokaralar bo‘yicha shoshilmayapti
08:49 / 21.05.2026