Jahon | 09:18 / 06.12.2016
4164
1 daqiqa o‘qiladi

Yava dengizida ichida 16 dengizchisi bor kema cho‘kib ketdi

Indoneziyaning qoramol tashish bilan shug‘ullanuvchi Sinar Mutiara kemasi ekipajning 16 a'zosi bilan birga Yava dengizida joylashgan Madura oroli yaqinida cho‘kib ketdi. Halokatning aniq joyi ma'lum emas.

Tekshiruvda aniqlanishicha, kemadagilardan biri halokat haqida oila a'zolaridan biriga telefon orqali ma'lum qilishga ulgurgani aniqlangan. U kema Madura yaqinida ekanini aytib, yordam jo‘natishni so‘ragan.

"Dengizchining oilasi mahalliy hukumatdan zudlik bilan yordam ko‘rsatishni so‘ragan", — deyilgan Antara agentligi xabarida.

Hozircha qidiruv amaliyoti foyda bermadi. Kema halokatiga kuchli to‘lqin sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Mavzuga oid