Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyada uşlab turilgan ukrainaliklar va Ukrainada uşlab turilgan rossiyaliklarni “barçani barçaga” yöli bilan almaştiriş taklifiga rozi, biroq u buni Ukrainaning Kerç böğozidagi voqeadan keyin hibsga olingan 24 dengizçidan boşlaşni taklif qilmoqda. U bu haqda “Prezident bilan oçiqçasiga” körsatuviga intervyusida aytib ötgan.   

Uning fikriça, dengizçilarning ozod qilinişi ikki davlat örtasidagi muloqotni boşlaşga “normal qadam” va uruşni töxtatiş uçun kuçli qadam bölgan bölardi.

Zelenskiyning aytişiça, uning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon suhbatida Putin asirlar muammosining yeçimini barçani barçaga almaştirişda körayotganini aytgan. Zelenskiy bunday ayirboşlaşga bajonidil rozi bölişini, biroq bir muammo borligi – Donetsk va Lugansk hududlarida uşlab turilganlarning Kiyevdagi röyxati bu hududlarni nazorat qilayotganlardagi röyxat bilan mos emasligini aytgan. 

“Şu sababli barçani barçaga almaştiramiz, biroq keling avval Rossiyadagi, Qrimdagilarni qaytaraylik va buni dengizçilardan boşlaylik”, deb taklif qilgan Ukraina prezidenti. 

Zelenskiyning ta'kidlaşiça, Ukrainaning hamkorlari uning Moskvaga qönğiroq qilişiga qarşi çiqişgan, biroq u bu Ukrainaning barça fuqarolari uçun muhimligi va haqiqat u tomondaligi sababli bu suhbatdan qörqmasligi haqidagi qarorga kelgan. Uning aytişiça, sobiq prezident Pyotr Poroşenkoning jamoasi Putin bilan köp marotaba gaplaşgan va nima uçun ular uruşni töxtatişga harakat qilişmagani unga tuşunarsiz. 

17 iyulda Moskva sudi ukrainalik dengizçilarning hibsda uşlanişini 26 dekabrgaça uzaytirdi. Kiyevda ular harbiy asirlar deb hisoblanadi, biroq Rossiya buni rad etmoqda, çunki ikki davlat örtasida uruş e'lon qilinmagan. Moskva ularni Rossiya çegarasini buzişda ayblamoqda.