Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Global isish dunyo okeanida o‘lik zonalarning kengayishiga olib kelmoqda
Foto: SDU
Hind okeanining shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan Bengal ko‘rfazida olimlar o‘lik zona — kislorodga to‘yinmagan ulkan hajmdagi suvni topishdi. Tadqiqot haqida Nature Geoscience jurnalida ma'lum qilingan.
Olimlar tomonidan aniqlangan o‘lik zona maydoni 60 ming kvadrat kilometrni tashkil etadi. Joylashuv chuqurligi — 100-400 metrgacha. U yerlarda kislorod okean yuzasiga nisbatan taxminan o‘n karra kam.
Tadqiqotchilarning ta'kidlashlaricha, global isish dunyo okeanida o‘lik zonalarning kengayishiga olib kelmoqda. Bengal ko‘rfazi qirg‘oqlarida aholining zich joylashgani hisobga olinsa, bu o‘lik zonalarning kengayish sur'atini tezlashtiradi, chunki suvga qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan o‘g‘itlardan ko‘p azot kelib tushadi.
Xuddi shunday o‘lik zonalar bundan avval Shimoliy va Janubiy Amerika, Namibiyaning g‘arbiy qirg‘oqlari hamda Hindistonning g‘arbiy qirg‘oqlaridagi Arabiston dengizida topilgandi. Bu suvlarda hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan elementlardan biri - azotni o‘zlashtiruvchi mikroorganizmlar deyarli yo‘q.
Mavzuga oid
18:30 / 30.11.2025
Orol dengizining qurigan tubida ilmiy-tadqiqot stansiyasi ish boshladi
07:16 / 20.11.2025
Inson faoliyati tufayli Yerning aylanish o‘qi 80 smga siljigani aniqlandi
03:05 / 16.11.2025
Olimlar qarishni tezlashtiruvchi kutilmagan omilni aniqlashdi
07:50 / 27.10.2025