Hind okeanining şimoli-ğarbiy qismida joylaşgan Bengal körfazida olimlar ölik zona — kislorodga töyinmagan ulkan hajmdagi suvni topişdi. Tadqiqot haqida Nature Geoscience jurnalida ma'lum qilingan.
Olimlar tomonidan aniqlangan ölik zona maydoni 60 ming kvadrat kilometrni taşkil etadi. Joylaşuv çuqurligi — 100-400 metrgaça. U yerlarda kislorod okean yuzasiga nisbatan taxminan ön karra kam.
Tadqiqotçilarning ta'kidlaşlariça, global isiş dunyo okeanida ölik zonalarning kengayişiga olib kelmoqda. Bengal körfazi qirğoqlarida aholining ziç joylaşgani hisobga olinsa, bu ölik zonalarning kengayiş sur'atini tezlaştiradi, çunki suvga qişloq xöjaligida foydalaniladigan öğitlardan köp azot kelib tuşadi.
Xuddi şunday ölik zonalar bundan avval Şimoliy va Janubiy Amerika, Namibiyaning ğarbiy qirğoqlari hamda Hindistonning ğarbiy qirğoqlaridagi Arabiston dengizida topilgandi. Bu suvlarda hayotiy ahamiyatga ega bölgan elementlardan biri - azotni özlaştiruvçi mikroorganizmlar deyarli yöq.












