Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yirik texnologik kompaniyalar terrorchilikka qarshi birlashdilar
Dunyoning eng yirik texnologik kompaniyalari, jumladan Microsoft, YouTube, Facebok va Twitter internetda "terrorchilik kontenti"ni tarqatishga qarshi kurashishda yordam beradigan ma'lumotlar bazasini yaratishlarini e'lon qilishdi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar bermoqda.
"Internetda terrorchilikni olg‘a suradigan kontentga bizning servislarda joy yo‘q. Biz birlashmamiz bunday kontentga qarshi kurashdagi samaradorlikni kuchaytirishga imkon berishiga umid qilamiz", deb aytilmoqda to‘rt kompaniyaning qo‘shma bayonotida.
Kompaniyalar birgalikdagi ish doirasida qoidalarni buzuvchi va odamlarni terrorchilikka chorlovchi videolarni raqamli ko‘rinishda belgilaydilar. Keyinchalik ulardan har biri bunday kontentni o‘z servisida tezroq aniqlab, o‘chirib tashlay oladi.
Kompaniyalar ba'zi texnik masalalarni hal qilish uchun bu ishga keyingi yildan bel bog‘lashadi.
Avvalroq Twitter oxirgi yil ichida IShID bilan bog‘liq 400 mingta akkauntni bloklab qo‘ygani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
08:46 / 02.06.2026
YeI Google va Microsoft uchun davlat tenderlarini cheklashi mumkin
19:25 / 20.05.2026
Feyk xabarlarga chek qo‘yish: YouTube jiddiy yangilanishni tayyorlamoqda
18:08 / 12.03.2026
YouTube siyosatchilar va jurnalistlarni dipfeyklardan himoya qilishni boshlaydi
22:58 / 10.02.2026