Jahon | 12:02 / 06.12.2016
2820
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston energetika vaziri OPeKning Venadagi yig‘ilishida ishtirok etadi

Qozog‘iston respublikasi energetika vaziri Kanat Bozumbayev 6 dekabrda ma'lum qilishicha, u 10 dekabr kuni Venada bo‘lib o‘tishi kutilayotgan OPeK sammitida ishtirok etishni rejalashtirayapti. 

OPeK tashkilotga a'zo bo‘lmagan, ammo faol ravishda energiya manbalari qazib olib, eksport qiluvchi 14 davlatni o‘z sammitiga taklif qilgani haqida xabar qilingan edi. Bu ro‘yxatda RF, Meksika, Ummon, Qozog‘iston, Bahrayn, Kolumbiya, Kongo, Misr, Trinidad va Tobago, Turkmaniston, Ozarboyjon, Boliviya, Bruney, O‘zbekiston mavjud. 

"Ha, hozirlanayapman, boraman", — degan Bozumbayev jurnalistlarga.

Respublika neft qazib olish miqdorini qisqartirishga hozirlik ko‘rayaptimi?, degan savolga javob bergan vazir, Qozog‘iston "OPeKka kirmagan yirik neft qazib oluvchi mamlakat hisoblanmas"ligini bildirgan. 

"Biz hamkorlarimiz pozitsiyalariga qaraymiz", — degan vazir. 

OPeKning Vena sammitida jahon neft bozoridagi vaziyatni normallashtirish va ushbu xom-ashyo narxini bir maromga keltirish masalalari bo‘yicha qaror qabul qilinishi kutilmoqda.

 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid