O‘zbekiston | 20:33 / 06.12.2016
6530
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Avstriyaning yangi prezidentiga telegramma yo‘lladi

O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Van der Bellenni Avstriya Respublikasi Federal prezidenti etib saylanganligi bilan tabrikladi.

O‘zbekiston TIV saytida keltirilgan maktub matnida ta'kidlanganidek, mamlakatlarimiz siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi sermahsul hamkorlikni izchil rivojlantirish va kengaytirish uchun keng imkoniyatlarga ega.

Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Van der Bellenning yuqori lavozimdagi faoliyati mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligiga yo‘naltirilgan O‘zbekiston va Avstriya o‘rtasidagi har ikki tomon manfaatlarini hurmat qilish va hisobga olishga asoslangan an'anaviy do‘stona va yaqin munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid