Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya TIV Shavkat Mirziyoyevni prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bilan qutladi
Turkiya jumhuriyati tashqi ishlar vazirligi 2016 yil 4 dekabr kuni O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari prezidentlik sayloviga doir bayonot berdi. Bayonot matni Turkiya TIV saytida joylashtirilgan.
“Do‘st va qardosh O‘zbekistonda 2016 yil 4 dekabrda tashkil etilgan prezidentlik saylovi tinch va xotirjam ruhda bo‘lib o‘tganidan xursandmiz.
Yurtimiz o‘zbek xalqining saylovlarda ulkan demokratik ko‘rinishda bildirgan irodasini mamnuniyat bilan qarshi olmoqda. O‘zbekiston Respublikasi bilan ikki tomonlama munosabatlarni har jabhada rivojlantirish borasidagi sa'y-harakatlarimiz bundan keyin ham davom etadi.
Shu munosabat bilan, saylovda g‘alaba qozongan Shavkat Mirziyoyevni tabriklaymiz, unga sog‘liq tilaymiz. 2003 yildan buyon Bosh vazirlik vazifasini sidqidildan ijro etgan hamda O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov vafotidan so‘ngra davlat rahbarligi vazifalarini vaqtincha bajargan janob Mirziyoyevga, o‘zbek xalqining farovonligi va taraqqiyoti yo‘lidagi ishlarida ko‘mak berishga har doim tayyormiz”, - deyiladi bayonotda.
Mavzuga oid
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
11:00 / 08.06.2026
Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkin - elchixona
13:14 / 07.06.2026