Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya va AQSh bosh shtabi rahbarlari muzokaralar o‘tkazdi
Foto: AFP
Turkiya QK Bosh shtabi boshlig‘i general Xulusi Akar va AQSh QK shtablar boshliqlari Qo‘mitasi raisi general Jozef Danford turk HHKning “Injirlik” bazasida uchrashuv o‘tkazishdi. Bu haqda Turkiya QK Bosh shtabi xabar bergan.
Muzokaralar 5 dekabr kuni o‘tkazilgan bo‘lib, Danfor, harbiylarning ma'lumotiga ko‘ra, “Injirlikda katoliklarning Rojdestvo bayramini amerikalik harbiylar bilan birga nishonlash maqsadida bo‘lgan”. Muzokaralar tafsiloti noma'lum.
Danford Turkiyaga so‘nggi bor 6 noyabr kuni tashrif buyurgandi. U Akar bilan Suriyaning Rakka shahrini IShID jangarilaridan ozod qilish bo‘yicha amaliyot atrofidagi vaziyatni muhokama qilgan. Shuningdek, tomonlar Rakkani ozod qilish, uni saqlab qolish va vaziyat ustidan boshqaruvni qo‘lga olish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikdagi rejani muvofiqlashtirib olganlar.
Ma'lumot uchun, “Suriya demokratik kuchlari” muxolif koalitsiyasining qurollangan qismlari AQSh HHK ko‘magida 6 noyabr kuni Rakka shahrini IShIDdan ozod qilish bo‘yicha amaliyotni boshladi. Operatsiya “Firot nafrati” nomini oldi.
Mavzuga oid
11:42
Arab davlatlari AQSh elchisining Isroil chegaralari haqidagi so‘zlarini tanqid qildi
23:00 / 22.02.2026
Xokkey bo‘yicha AQSh terma jamoasi 1980 yildan buyon ilk bor Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritdi
22:11 / 22.02.2026
Eron AQShning ehtimoliy hujumiga qarshi reja tayyorlamoqda
11:22 / 22.02.2026