Jamiyat | 15:49 / 06.12.2016
21000
2 daqiqa o‘qiladi

Umrni uzaytirishning oddiy usuli ma'lum qilindi

Foto: Fotoli

Xalqaro olimlar guruhi kuniga taxminan 20 gramm yong‘oq iste'mol qiluvchi kishilar saraton va yurak-qon tomir kasalliklaridan kamroq aziyat chekishlarini aniqlashdi. Tadqiqot natijalari BMC Medicine jurnalida chop etilgan maqolada keltirilgan.

Biologlar yong‘oq va boshqa mevalarning inson salomatligiga ta'siri borasidagi 29 ilmiy ish ma'lumotlarini tahlildan o‘tkazishdi. Tadqiqot o‘z ichiga hammasi bo‘lib 819 ming qatnashchini qamrab olgan. Olimlar 12 ming yurakning ishemiya kasalligi holati, 18 ming – saraton va yurak-qon tomir kasalliklari, shuningdek 85 mingdan ziyod o‘lim holatlarini ko‘zdan kechirib chiqishdi.

Tadqiqotchilar doimiy ravishda pekan, o‘rmon va grek yong‘og‘larini, shuningdek yer yong‘oqni iste'mol qilishni tavsiya qilishmoqda. Har kunlik taomga 20 gramm bunday mahsulotni qo‘shib yeyish yurak ishemiyasi bilan kasallanish ehtimolini 30 foizga, saraton paydo bo‘lishini 15 foizga va erta o‘lim holati xavfini 22 foizga pasaytirar ekan. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, bunday maslahatga amal qiluvchi insonlar diabet va respirator kasalliklar bilan kamroq og‘riydilar. 

Ma'lumot uchun, yong‘oqlar biriktiruvchi to‘qima, magniy va polito‘yintirilmagan yog‘larning katta miqdoriga ega. Ular yurak-qon tomir kasalliklari bilan og‘rish xavfi va xolesterin darajasini kamaytiradi. Ularda saraton paydo bo‘lishini oldini oluvchi antioksidantlar ham bor. 
 

Mavzuga oid