Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ijtimoiy tarmoqlarda dahshatli avtohalokat videosi paydo bo‘ldi
Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi «Voditeli Tashkenta» jamoatchilik guruhida dahshatli yo‘l-transport hodisasiga oid videolavha paydo bo‘ldi. Voqea O‘zbekistonning qaysi hududida bo‘lganiga oydinlik kiritilmagan. Ammo, kuzatuv kamerasi yordamida olingan videolavhadan fojia 2016 yil 12 aprelida yuz berganini bilish mumkin.
Unga ko‘ra, “Neksiya” rusumli avtomobil haydovchisi yo‘l harakati qoidasidagi quvib o‘tish bandini buzgan holda o‘zidan oldinda harakatlanayotgan “Matiz” mashinasini o‘ng tomondan katta tezlikda quvib o‘tmoqchi bo‘ladi. Shu orada, yo‘l harakati qoidalariga zid ravishda, piyodalar yo‘lagida emas, balki yo‘lning avtomobillar qatnov qismida ketayotgan ikki nafar piyodani urib yuboradi. “Neksiya” haydovchisi jabrlanmagani aniq, piyodalarning taqdiri nima bo‘lgani ham noma'lum.
Guruh a'zolari va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ushbu video yuzasidan turli fikrlarni qoldirishgan.
Mavzuga oid
12:06 / 07.04.2026
Chinozda YTH sodir qilib, odam o‘limiga sabab bo‘lgan YPX xodimi 7 yilga qamaldi
13:45 / 05.04.2026
Jizzaxda YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
21:12 / 29.03.2026
Toshkentda birdaniga 8 ta avtomobil ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi
11:08 / 04.03.2026