Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Aydaho shtatida maxsus yadro inshooti barpo etmoqchi
AQSh harbiy-dengiz kuchlari va mamlakat energetika vazirligi hamkorlikda Aydaho shtatida 1,65 mlrd dollarlik inshoot barpo etishini e'lon qildi. O‘ziga xos maxsus yadro chiqindixonasi bo‘lgan binoda harbiy va suvosti kemalaridan chiqqan yadro yoqilg‘isi qoldiqlari saqlanadi.
Yangi inshootni Aydaho milliy laboratoriyasining 2,3 ming kvadrat kilometrlik maydonida barpo etish rejalashtirilgan. U AQShning atom energetikasi sohasidagi tadqiqotlar o‘tkazadigan muhim obektlaridan biridir.
Mazkur laboratoriya 1957 yildan beri Amerika harbiy kemalarining yadro chiqindilarini qabul qiladi. Yangi bino qurish majburiyati mavjud korxonalarning ancha eskirgani va yangi turdagi harbiy kemalardan keltiriladigan yadro qoldiqlarini qabul qila olmasligi bilan izohlanadi.
Inshootni qurishga tayyorgarlik 2017 yilda boshlanadi. Qurilish ishlari 2020 yil boshlarida yakunlanadi. U 2060 yilgacha xizmat qilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
10:25
AQShdan deportatsiya qilingan 24 nafar o‘zbekistonlik Toshkentga qaytarildi
10:10
Kubaning energetika sohasi AQSh sanksiyalari nishoniga aylandi
08:34
Eron bo‘yicha keskin burilish: AQSh zarbalarni bekor qildi
22:12 / 11.06.2026