Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Imomali Rahmon Jahon banki yordam berishiga umid qilmoqda
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Dushanbe shahridagi Millat saroyida Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Liliya Burunchuk va Taraqqiyot bo‘yicha Vulfenson markazi ijrochi direktori Yoxannes Linni qabul qildi. Bu haqda Tojikiston prezidenti matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Uchrashuvda jahon moliya inqirozining milliy iqtisodiyotlarga salbiy ta'sirini kamaytirish masalalari muhokama qilingan.
Imomali Rahmon respublika iqtisodiyotini rivojlantirishda jahon moliyaviy institutlarining ishtirokini e'tirof etib, ularning tajribasidan foydalanishini ta'kidlagan.
Prezident matbuot xizmati xabarida qayd etilishicha, Tojikiston rahbari respublikaning taraqqiyot bo‘yicha hamkorlari inqiroz sharoitida davlat byudjyetiga ko‘mak berishiga umid bildirgan.
Mavzuga oid
20:55 / 17.02.2026
Bosh vazir Abdulla Aripov Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashdi
09:57 / 17.02.2026
Ikki haftalik tanaffusdan so‘ng Imomali Rahmon yana ko‘rinish berdi
22:40 / 23.01.2026
Jahon banki Markaziy Osiyoda birinchi elektr energiya bozori yaratilishini qo‘llab-quvvatlaydi
15:22 / 07.01.2026