Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda "eng badavlat oila"ni qayd qilishdan bosh tortishdi
Hindiston hukumati mamlakatdagi "eng badavlat oilani" qayd qilishdan bosh tortdi, deb xabar bermoqda Bloomberg axborot agentligi.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi o‘zining saylovoldi va'dalarini bajarishga intilib, o‘z daromadlarini yashiruvchi shaxslarga ularning daromadidan bir martalik 45 foizlik haq undirish evaziga amnistitsiya taqdim qilishga rozi bo‘ldi.
Ta'kidlanishicha, Hindiston moliya vazirligi 4 kishidan iborat oila topshirgan 29 mlrd dollarlik deklaratsiyani qabul qilishdan bosh tortdi. Vazirlikda bu deklaratsiya "shubhali" deb topilgani aytildi.
Mumbaylik bu oila deklaratsiya qilinmagan daromadlar uchun amnistiya taqdim qilinishi davlat dasturidan foydalanmoqchi bo‘ldi. Bu deklaratsiya qabul qilinganda ushbu oila Hindistonning eng boy odami, 21 mlrd dollarlik boylikka ega bo‘lgan tadbirkor Mukesh Ambanidan ham boyroq bo‘lardi.
"Ayonki, bu pul yuvishga urinishdir, hukumat idoralari tomonidan bu holat bo‘yicha tergov boshlash to‘g‘ri bo‘lardi", deb aytdi Demokratik islohotlarni boshqarish uyushmasi vakili Anil Verma.
Afv etish dasturi hozirdayoq 673,8 mlrd rupiy miqdorida noqonuniy daromadni aniqlashga olib keldi. Faqatgina ikki holda moliya vazirligi buni rad etdi.
Avvalroq Modi mamlakatda o‘tkazilayotgan "karaxt qiluvchi" valyuta islohotini achchiq choy damlashga qiyoslagandi.
Mavzuga oid
12:19 / 09.06.2026
Sud xodimlarining daromad va mol-mulki deklaratsiya qilinadi
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026
Hindiston O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi
17:12 / 04.05.2026